Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poroshenko Rossiyani Donbassni bosib olishga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi

Poroshenko Rossiyani Donbassni bosib olishga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi

Foto: «Kommersant»

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Rossiyani Donbassni bosib olishga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 24 aprelda Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida yashovchi aholi uchun Rossiya pasportini berish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Bu qaror Poroshenko tomonidan «Rossiya qo‘shinlarining Donbass xududida turishini oqlash va qonuniylashtirish» va xududda Rossiya anklavini yuzaga keltirib, keyinchalik Ukrainaga nisbatan agressiyani chuqurlashtirishga bo‘lgan urinish sifatida baholangan.

Poroshenko Rossiyani yana Donetsk va Luganskda rubl xududi yuzaga keltirish, 2014 hamda 2018 yillarda saylov o‘tkazish va noqonuniy tuzilmalarning (DNR va LNR) hujjatlarini tan olishda ayblagan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya o‘z vaqtida janubiy Osetiya va tan olinmagan Moldova Dnestrbo‘yi respublikasida ham shunday yo‘l tutgan.

Ukraina prezidenti dunyoning rivojlangan davlatlariga murojaat qilib, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yana-da kuchaytirishga chaqirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring