Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Portlash hududidagi BYD avtomobillari taqdiri nima bo‘ladi?

Portlash hududidagi BYD avtomobillari taqdiri nima bo‘ladi?

Foto: Gazeta.uz

Sergeli tumanidagi bojxona ombori hududida portlash sodir bo‘lgan vaqtda tutash hududda BYD rusumli avtomobillar ham bo‘lgan. Afsuski, ularning ba’zilari portlash to‘lqini va shisha parchalaridan yuzaki zarar ko‘rgan, deb xabar berdi Xitoy ishlab chiqaruvchi kompaniyasi.

Ma’lum qilinishicha, barcha shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilishga yuboriladi.

«Zero bu xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash nuqtai nazaridan muhimdir. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi», deyiladi xabarda.

Kompaniya portlash sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligi va yakuniy ekspert xulosasi yo‘qligi sababli, hodisaga elektr transport vositalarining aloqadorligi yoki boshqa faktlar haqidagi ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring