Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi portlash oqibatida 3 742 ta turar va noturar joyga zarar yetgan

Sirdaryodagi portlash oqibatida 3 742 ta turar va noturar joyga zarar yetgan

Sirdaryo tumanidagi harbiy qism omborida sodir bo‘lgan hodisa (portlash) oqibatlari haqida Sirdaryo viloyati hokimligining rasmiy telegram-kanali xabar berdi.

Harbiy qism yaqinida joylashgan mahallalar to‘liq qamrab olinib, xatlovdan o‘tkazilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 742 ta turar va noturar joyning tomi, shifti, deraza va eshik romlariga qisman talafot yetgan.

22-oktyabr kuni 2 ming kvadrat metr oynalar aholiga yetkazilib, o‘rnatib berildi. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Sirdaryo tumanidagi harbiy qism omborida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida ko‘rilgan zararni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar mas’ul vakillari hamda viloyat sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan.

Sirdaryodagi Mudofaa vazirligi omborida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida videoxabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring