Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Portugaliya Falastin davlatini tan olish masalasini ko‘rib chiqyapti

Portugaliya Falastin davlatini tan olish masalasini ko‘rib chiqyapti

Rasmiy Lissabon Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Falastin-Isroil mojarosiga bag‘ishlangan konferensiyada ikki davlat kelishuvi g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

Portugaliyada sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Falastin davlatini tan olish imkoniyati bo‘yicha hukumat, prezident va parlament o‘rtasida maslahatlashuvlar boshlanadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Luis Mntenegro ma’lum qildi.

Tashabbus Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Falastin-Isroil mojarosini ikki davlat tamoyili asosida hal etish bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha ilgari surilgan. U yerda Portugaliya Fransiya tashabbusi bilan bir guruh davlatlar tomonidan Falastin davlatchiligini tinch yo‘l bilan hal etish elementi sifatida de-yure tan olishni talab qilingan bayonotni imzoladi.

Iyul oyi o‘rtalarida Lissabonning markaziy ko‘chalarida urushga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgan va ular Falastin anklavidagi harbiy harakatlarni tezroq to‘xtatishga chaqirishgan edi. Namoyish ishtirokchilari rasmiylardan G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat yomonlashganiga e’tibor qaratishni so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya, Kanada, Buyuk Britaniya va Mali davlatlari ham Falastin mustaqilligini tan olishni rejalashtirayotgani aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring