Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Portugaliyaning afsonaviy xazinalar kemasi qoldiqlari topildi

Portugaliyaning afsonaviy xazinalar kemasi qoldiqlari topildi

Illyustrativ foto

Madagaskar yaqinida cho‘kib ketgan kema qoldiqlari Portugaliyaning Nossa Senhora do Cabo kemasiga tegishli ekani arxeologlar tomonidan aniqlandi, deb xabar berdi LiveScience.

Kema 1721-yilda Goa (Hindiston)dan chiqib, Lissabonga yo‘l olgan. Ulkan xazina ortilgan kema bortida vitse-qirol va arxiyepiskop ham bo‘lgan. Ushbu xazina qiymati, bugungi hisob-kitoblarga ko‘ra, 138 mln dollardan oshishi mumkin edi.

Dengizdagi dovul oqibatida ojiz qolgan kemani qaroqchilar egallab, o‘ljani Madagaskardagi qaroqchilar uyasi — Sent-Mari oroliga olib ketishgan.

Tarixiy kema halokatlarini asrash markazi (AQSh) tadqiqotchilari kema qoldiqlarini 16 yil o‘rganishdi. Arxeolog Mark Agostinining aytishicha, suv ostidan 3 300 dan ortiq buyum olib chiqildi. Kema tuzilishi, tarixiy qo‘lyozmalar va topilmalar tahlili bu chindan ham Nossa Senhora do Cabo ekanligini tasdiqlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring