PowerPoint’ning bosh dasturchisi vafot etdi

PowerPoint dasturiy ta’minoti boshlig‘i Dennis Ostin 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, dasturchi 1 sentyabr kuni Kaliforniyaning Los-Altos shahridagi uyida o‘pka saratonidan vafot etgan.
PowerPoint dasturi 1987 yilda chiqarilgan. Keyinchalik kompaniya Microsoft tomonidan sotib olindi va Ostin dasturni ishlab chiqishda davom etdi. 1996 yilda u nafaqaga chiqqandi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, PowerPoint hozirda kuniga 30 milliondan ortiq taqdimot yaratish uchun ishlatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter