Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt havosidagi zararli moddalar sabab muhim tavsiyalar

Poytaxt havosidagi zararli moddalar sabab muhim tavsiyalar

Foto: Xabar.uz

Sanepidemqo‘mita mayda RM-2.5 dispers zarrachalarining inson salomatligiga ta’siri va uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalarini ma’lum qildi.

Soch tolasidan 40 barobar kichik mayda RM-2.5 zarrachasi o‘pka kapilyarlari orqali tizimli qon oqimidagi organlar to‘qima xujayralariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Atmosfera havosida ko‘p muddat RM-10 va RM-2.5 zarrachalarining yuqori konsentratsiyasi yallig‘lanish, kansergan, teratogen, sitotoksik ta’sirlarga ega bo‘lib, allergopatologiyaning rivojlanishi va inson umr ko‘rish davriyligini kamaytirishga hissa qo‘shadi.

Uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalar:

- xona va inshoot ichidagi chang o‘tiradigan sirt yuzalarini tez-tez nam latta bilan artib turing, xavf yuqori paytda nam sochiqlar osib chiqing;

- derezalarni yopiq holda saqlang, ayniqsa kechasi va tong muddatlarda oyna va eshiklarni zichlab yoping;

- ko‘proq suv iching;

- ochiq havoda harakatlanishdan tiyiling;

- tez-tez dush qabul qiling, ayniqsa tashqaridan uyga kirishda;

- og‘iz va burun bo‘shliqlarini tuzli eritma bilan yuving, chaying;

- nafas olish tizimi kasalligi bor bemorlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va uni 2 soatda almashtirishlari zarur

- ko‘zlarni yuvib turing.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Toshkentda havoning ifloslanish darajasi ortib ketmoqda. Bugun, 17 yanvar holatida ham havoning ifloslanish darajasi yuqoriligicha qoldi. Shuningdek, poytaxt hokimligi holat yuzasidan tegishli dastur ishlab chiqayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring