Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt va Surxondaryo viloyatining qator tumanlariga bosh soliqchilar tayinlandi

Poytaxt va Surxondaryo viloyatining qator tumanlariga bosh soliqchilar tayinlandi

Toshkent shahar va Surxondaryo viloyatidagi 6 ta tuman soliq inspeksiyasida yangi boshliqlar ish boshladi.  

Tayinlovlarga ko‘ra:

Ashirmatov Rustam Maxmudjanovich Toshkent shahar Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1978-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Shayxontohur tumani hokimiyatida bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Ashirmatov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Jo‘rayev Rashid Rustamovich Surxondaryo viloyati Angor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1990-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sherobod tumani soliq inspeksiyasida sho‘ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rashid Jo‘rayev soliq xizmatining I darajali inspektori.

Xaydarov Bobir Kudratkulovich Denov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1988-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Denov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bobir Xaydarov soliq xizmatining I darajali inspektori.

Jumayev Shuhrat Allaberdiyevich Bandixon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1976-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sherobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jumayev Shuhrat soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Sarmanov Tohirjon Mamarajabovich Boysun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1991-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Bandixon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tohirjon Sarmanov soliq xizmatining I darajali inspektori.

Akramov Baxriddin Barakayevich Sherobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1968-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Boysun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Baxriddin Akramov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring