Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Poytaxt va viloyatlar markazlarida jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatish sifati past, yo‘nalishlari maqbul emas» – Abdushukur Xamzayev

«Poytaxt va viloyatlar markazlarida jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatish sifati past, yo‘nalishlari maqbul emas» – Abdushukur Xamzayev

27 oktyabr kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi, unda 5 ta siyosiy partiya deputatlik o‘rinlari uchun raqobatlashmoqda.

Bugungi kunda siyosiy partiyalar rahbarlari o‘z partiyalarining o‘tgan saylovlardagi maqsad va vazifalarining bajarilishi, shuningdek, kelgusi saylovlarda qanday tashabbus va maqsadlar bilan qatnashishi haqida ma’lumot bermoqdalar. Xususan, O‘zbekistondagi eng yosh siyosiy partiya bo‘lgan Ekologik partiya rahbari Abdushukur Xamzayev ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida bir qator dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, aholida shaharlardagi jamoat transportidan foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Chunki Toshkent shahri va viloyat markazlarida jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatish sifati past, transport vositalari yo‘nalishlari maqbul tarzda yo‘lga qo‘yilmagan, shaharlarning demografik xususiyatlari hisobga olinmagan holda yo‘nalishlar tashkil etilgan. Jamoat transporti xizmati barcha aholi punktlarini qamrab olmagan. Shaharlararo, viloyat ichidagi tumanlararo jamoat transporti esa umuman mavjud emas, yoki borlari ham yo‘q bo‘lib ketgan.

«Yo‘llardagi tirbandliklar jamoat transporti harakati uchun noqulayliklarni tug‘dirmoqda. Toshkent shahrining ayrim markaziy yo‘llarida jamoat transporti harakatlanadigan «A» belgili polosa, ajratilgan tasmalar chizildi. Biroq, u qachon ishlaydi?

Transport vazirligi, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashi kerak emasmi?» – deydi Abdushukur Xamzayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring