Poytaxtning sobiq «Ilon ota» masjidi yonida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Poytaxtning sobiq «Ilon ota» masjidi (hozirgi nomi «Ubay ibn Ka’b») yonidagi binoda katta yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in videolari turli Telegram kanallarda tarqaldi, undan baxtsiz hodisa ko‘lami kengligini bilish mumkin.
Xabar.uz muxbirining voqea joyidan ma’lum qilishicha, ayni damda yong‘in bartaraf etilgan. Bir kishi yengil jarohat olgani aytilmoqda.

Hodisaning birlamchi sababi sifatida jaziramada elektr toki tutashuvi ekani ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter