Poytaxtning uch tumani aholisi 2 kunga issiq suv ta’minotidan uziladi

Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi.
Shaharga issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi kompaniya – «Veolia Energy Tashkent»ning ma’lum qilishicha, bu «Toshkent issiqlik markazi» MChJga qarashli 1-IM qozonxonasi gaz ta’minotidan vaqtinchalik uzilayotgani bilan bog‘liq.
Kompaniyaga ko‘ra, «Hududgaz Poytaxt» yuqori bosimli gaz quvuridagi rejalashtirilgan ishlar sabab 30-oktyabr kuni soat 08:00 dan 31-oktyabr soat 20:00 gacha hududdagi iste’molchilar uchun gaz ta’minotini to‘xtatishini e’lon qilgan.
Issiq suvni o‘chirish quyidagi hududlarga ta’sir qiladi:
- Yunusobod tumani: S-4, S-5, S-6 dahalari, A. Donish, Ergashev, Bodomzor, Bog‘ishamol, G‘ulomov, Gidrometeorologiya markazi, A.Temur ko‘chalari.
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Navnihol, Ne’mat, Shahriobod, Do‘rmon yo‘li, Mo‘minov, Ziyolilar, Xojiboyev, Qalandar, M.Ulug‘bek, Levitan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi gospitali hududi, Sayram, Buyuk Ipak Yo‘li, M. Yusuf, Mustaqillik, Oqqo‘rg‘on, Irgashev, K,Niyozov, Murtazayev, P.Salar, P.Pishpek ko‘chalari, H.Olimjon maydoni, S-1, S-2, Yalang‘och, Bo‘z-1, Parkent dahalari.
- Yashnobod tumani: Botkina, Tashselmash, Mirzo Ulug‘bek dahalari, Riyoziy, Parkent, Siolkovskiy, Maxtimquli ko‘chalari.
Qayd etilishicha, Issiq suv ta’minotining to‘liq tiklanishi gaz ta’minoti qayta tiklanganidan va 1-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so‘ng (taxminan 31-oktyabr yarim tunda) amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter