Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident amaldorlar haqida: «Hammasi boyvachcha — mashinada yuradi...»

Prezident amaldorlar haqida: «Hammasi boyvachcha — mashinada yuradi...»

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Toshkentdagi jamoat transporti infratuzilmasini tanqid qildi.

Bu haqda 19 yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishish chog‘ida ma’lum qilingan.

Prezident tashrifi davomida amaldorlar shahar ichida jamoat transportida yurmasligini ta’kidlab o‘tdi.

«Shaharni birortasi tushunmaydi, shaharning ichida yurmaydi. Hammasi boyvachcha — mashinada yuradi. Hududlar bo‘yicha aytinglar, agar sizlarni kuchlaring yetmasa, tuman hokimlarini olib, o‘zim yuraman, shundan boshqa ishim qolmadi»,—deya ta’kidladi prezident.

«Yuring prezident, avtobusga mining deb bir marshrutni ko‘rsat, eng og‘ir hududingdan boshla. Men ham avtobusda yurishni xohlayman. Ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, odamlarga xavfsiz, erkin, arzon va sifatli transport kerak. Viloyatlar kesimida o‘ganish zarur, qaysi viloyatga qancha transport yetishmayapti. O‘zbekiston faqat Toshkentdan iborat emas»,— deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring