Prezident DXX kunini belgilash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qonunga muvofiq, 5-aprel — Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 6-sentyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018-yil 27-sentyabrda ma’qullangan edi.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kun, 3-oktyabrdan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter