Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasiga aylantiriladi

Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasiga aylantiriladi
Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi.
 
Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi, jumladan:
  • makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
  • integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
  • «mahalladan – respublikagacha» tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash.

2025-yil yakunigacha «Hududlar statistikasi» axborot tizimi ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Behzod Hamrayev yaqinda Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring