Prezident ikki kishini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shoir Xushboq Rahimov va «TSC HK Investment» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Tian Shuchunni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
Davlat rahbari imzolagan hujjatda, jumladan, shoir, ma’naviyat targ‘ibotchisi Rahimov Xushboq «ko‘p yillik samarali badiiy-ijodiy faoliyati bilan zamonaviy adabiyotni vatanparvarlik, fidoyilik, insoniylikni tarannum etuvchi asarlar bilan boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar va an’analarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun» ushbu orden bilan mukofotlangan.
Shuningdek, «TSC HK Investment» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Tian Shuchun «O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ikki tomonlama manfaatli sheriklikni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishga qo‘shayotgan munosib hissasi, yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish, zamonaviy qurilish-arxitektura hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida istiqbolli va innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi katta xizmatlari uchun» mukofotlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter