Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Imom Buxoriy majmuasini kengaytirishga ko‘rsatma berdi

Prezident Imom Buxoriy majmuasini kengaytirishga ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

Prezidentning ko‘rsatmasiga muvofiq Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish ko‘zda tutilgan. Simmetrik tarzda ikkita masjid va to‘rtta minora qurish, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon, uning atrofida kichik mehmonxonalar va bitta yirik otel, boshqa infratuzilma ob’yektlarini bunyod etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari bugun majmuani ziyorat qilib, uni rekonstruksiya qilishga oid takliflar bilan tanishdi.

- Bu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib bo‘lishi kerak. Masjidlar keng va mahobatli bo‘lishi lozim. Devorlarga sahih hadislardan lavhlar yozib qo‘yilsa, majmuaning mazmuni yanada boyiydi, yoshlarga bilim, ma’naviy ozuqa beradi. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida shu yer. Bu maskanga qancha ziyoratchilar kelsayam, qulay sharoit bo‘lishi zarur, — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev majmua rekonstruksiyasini shoshmasdan, chuqur o‘ylab loyihalashtirish, xorij tajribasini o‘rganib, ziyoratchilarga yanada ko‘p qulaylik yaratish zarurligini ta’kidladi. Majmuadagi ishlar mamlakatimizda ilm-ma’rifatni rivojlantirish, dinga e’tiqod qiluvchilarga erkinlik va sharoit yaratish borasida navbatdagi xayrli qadam bo‘ladi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring