Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident ishtirokida eksport va investitsiyaga doir videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident ishtirokida eksport va investitsiyaga doir videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlat rahbari yalpi ichki mahsulotni oshirish bo‘yicha katta marra olinganini, lekin bunga faqat ichki investitsiya va ichki bozor bilan erishib bo‘lmasligini qayd etdi.

«Yagona to‘g‘ri yo‘limiz – xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish va eksportni ko‘paytirish», – dedi Mirziyoyev.

Prezident bevosita investitsiya, sanoat va eksportga mas’ul 11 ta vazirlik va idora, 10 ta uyushma, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, bundan tashqari, barcha vazirlik, tarmoq va hududlarda eksport va investitsiyaga mas’ul rahbar o‘rinbosari faoliyat yuritayotgan investitsiyalar va tashqi savdo tizimining faoliyati juda sustligini ko‘rsatib o‘tdi.

Hozirgi murakkab vaziyatda tizimda investitsiya va eksport bo‘yicha chuqur tahlil yo‘qligi tanqid qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning asosiy bozorlari bo‘lgan mamlakatlardagi devalvatsiya, jahonda ro‘y berayotgan ziddiyatlar va logistika hisobiga ularga eksport kamaygan.

Bunday murakkab vaziyat bugun yoki kecha boshlanmagani, Investitsiya vazirligi va tarmoqlar rahbarlari eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish ustida o‘z vaqtida bosh qotirmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring