Prezident «Kaptiva» sovg‘a qilgan doktor Qoraqalpog‘istonga nima uchun qaytganini aytdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida fermer xo‘jaligi rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashib, Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbonovga Qoraqalpog‘istonga qaytib ishlayotgani uchun «Kaptiva» avtomashinasini sovg‘a qilgan edi.
«Yerkin Qaraqalpaqstan» nashri Germaniyadagi faoliyatini Qoraqalpog‘istonga almashtirgan doktorning qaroriga oydinlik kiritish uchun A.Qurbonov bilan suhbatlashdi.
«2017-yili «Panaev farms» fermer xo‘jaligi rahbari Islam Panayev Germaniyaga seminttal naslli qoramol sotib olishga bordi. Shunda men unga 60 bosh seminttal naslli mol, Avstriyadan 300 bosh echki sotib olishda o‘z maslahatlarim bilan yordamlashdim.
Sentyabr oyida qishloqqa navbatdagi mehnat dam olishiga kelganimda, shu olib bergan mollarning holatini ko‘rish maqsadida fermer xo‘jaligida bo‘ldim. Va bu yerdagi ishlarda o‘zgarish kiritish va tartibga solish zarur ekanini tushundim.
Hozirda ana shundan boshlab ushbu xo‘jalikning ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va iqtisodiy tomondan tartibga solish bo‘yicha o‘zimning masalahatlarimni berib, menenjer lavozimida ishlab kelmoqdaman.
Hozir bu xo‘jalikning chorvachilikdagi holati ancha yaxshi tomonga o‘zgardi. Bahorda sotib olib kelingan mollarimizning soni 130 boshga yetdi. Shuningdek, fermada Gollandiyadan olib kelingan golshteyn naslli qoramollar ham boqilmoqda. Hozirgi kunlari ularning har biridan kuniga o‘rtacha 20 litrdan sut sog‘ib olinib, o‘zlarimizda qayta ishlanib, «Panamilk» markasi bilan 55 turdagi sut mahsulotlari tayyorlanib, savdo o‘rinlariga yetkazib berilmoqda», — deydi Alisher Qurbonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter