Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident konstitutsiya nega o‘zgartirilayotganini izohladi

Prezident konstitutsiya nega o‘zgartirilayotganini izohladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi chog‘ida bosh qomusni o‘zgartirishga nima sabab bo‘lgani haqida gapirgan.

«Nima uchun aynan bugun konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmoqda? Ayrim yurtdoshlarimiz, hatto ba’zi olimlarimiz ham Konstitutsiyamiz zamonaviy demokratik talablarga javob beradi-ku, unga o‘zgartirish kiritishga ehtiyoj bormi, degan savolni o‘rtaga qo‘ymoqda. Insoniyat ilmiy-texnologik davrga qadam qo‘ydi. Jahonda keskin transformatsiya jarayonlari va raqobat kuchaymoqda. Ertangi kunini o‘ylagan xalqlar va davlatlar o‘z kelajagi haqida bugun har qachongidan ham jiddiy bosh qotirmoqda», degan davlat rahbari.

Uning aytishicha, hozirgi tahlikali zamon, yon-atrofdagi murakkab vaziyat ona Vatan taqdiriga yanada ulkan mas’uliyat bilan yondashib, kechiktirib bo‘lmaydigan strategik qarorlar qabul qilishni taqozo etmoqda.

«Barcha fuqarolarimiz kabi men ham bu muhim jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boryapman. Aholimiz, jamoatchiligimiz vakillarining konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z taklif va mulohazalari bilan faol qatnashayotgani barchamizni quvontiradi. Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Shu bois, bugun siz, hurmatli komissiya a’zolari bilan bevosita uchrashib, fikr almashishni zarur, deb hisobladim», degan prezident.

Ma’lumotga ko‘ra, komissiyaga fuqarolardan 48 ming 492 ta taklif kelib tushgan. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlangan takliflar chuqur muhokamadan o‘tkazilgan va hozir Qonunchilik palatasiga kiritish bosqichida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring