Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maktabiga kirolmaganlar ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinadi 

Prezident maktabiga kirolmaganlar ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinadi 

Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 –11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi. 

Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi. 

Kirish imtihonlari natijalari Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi. 

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi. 

Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring