Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maktablariga hujjatlarni onlayn qabul qilish yakunlandi (infografika)

Prezident maktablariga hujjatlarni onlayn qabul qilish yakunlandi (infografika)

Bugun, 21-iyun kuni soat 12:00 da Prezident maktablariga onlayn hujjat qabul qilish yakuniga yetdi. Qabul markazlari orqali esa qabul 22 iyunda tugaydi. Bu haqda «Prezident maktablari» telegram kanalida xabar berildi.

Prezident maktablariga jami 27 709 nafar talabgor hujjat topshirgan. Shundan 9380 tasi (34 foizi) onlayn, 18 329 nafari (66 foizi) esa oflayn usulda, ya’ni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topshirgan.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p – 7757 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpog‘istonda 7417 ta, Xorazmda 6572 ta, Toshkent shahrida 5963 ta hujjat qabul qilingan.

Shu paytgacha eng ko‘p – 8633 ta ariza 5-sinf uchun topshirilgan. 10-sinf uchun esa 2318 ta talabgor hujjat topshirgan.

Qabul qilingan hujjatlarning sinflar bo‘yicha statistikasi infografikada ko‘rsatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring