Prezident Ostona shahriga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan «Markaziy Osiyo – Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Bo‘lajak tadbirda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Davlatimiz rahbari Xitoy Raisi bilan ham muzokara o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter