Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: banklarga 300 million dollarlik kredit liniyasi ajratiladi

Prezident qarori: banklarga 300 million dollarlik kredit liniyasi ajratiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun banklarga 300 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.

Bunda:

- kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;

- banklar tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan, 2 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 5 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;

- tadbirkorlarning faoliyat davri 6 oygacha bo‘lganda 1 milliard so‘mgacha, 6 oydan 1 yilgacha bo‘lganda 2 milliard so‘mgacha, 1 yildan 2 yilgacha bo‘lganda 3 milliard so‘mgacha, 2 yildan 3 yilgacha bo‘lganda 4 milliard so‘mgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi;

- kredit liniyasi mablag‘larining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning ma’muriy markazlaridan va viloyat bo‘ysunuvida bo‘lgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring