Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov xabar bermoqda.

«Oyning boshida alohida komissiya tuzib, barcha xavf-xatarlarni hisob-kitob qilganimiz va eng dolzarb yo‘nalishlarda o‘z vaqtida tezkor choralarni ko‘rishni boshlaganimiz o‘z natijasini bera boshladi», dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

Toshkent tovar-xomashyo birjasida chet el korxonalari bug‘doy, un, shakar, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlarni savdoga qo‘yishni boshladi. Bunga, temir yo‘lda tashishga ichki tariflar qo‘llanilmoqda.

Bu ishlarning davomi sifatida bir hafta muddatda:

  • xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo tashkilotlarini Tovar-xom ashyo birjasi savdolariga keng jalb qilish;
  • temir yo‘l tariflari va tannarxni ichiga kirib, ularni yanada pasaytirish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring