Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanalari ma’lum qilindi

Bugun, 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida caylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etishga doir masala muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida Prezidentlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish 2023 yil 28 iyun kuni boshlanib 2023-yil 5-iyul kuni yakunlanishi belgilandi. Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari esa soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda muddatidan ilgari Prezidentlik saylovi joriy yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter