Prezident senatorlarni tayinladi (ro‘yxat)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq, Prezident farmoni bilan:
Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;
Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori;
Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;
Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;
Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori;
Safoyev Sodiq Solixovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari;
Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori;
Turdiyev Sodiqjon — O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter