Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi tadbirlarga boy va sermahsul bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu mamlakatning ishbilarmon doiralari vakillari bilan O‘zbekistonda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi.
Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ularning yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Birinchi bort Toshkentga uchib ketdi.
Shu tarzda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter