Prezident Sirdaryoga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident mutbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari bu yerda «Sirdaryo universal oyna» korxonasi faoliyati, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishmoqda.
Tashrif davomida Xovos va Mirzaobod tumanlari, Yangiyer va Guliston shaharlariga borish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter