Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident tomonidan so‘nggi imkoniyat berilgan hokim MFY raislarini «changi»ni chiqarib so‘kdi

Prezident tomonidan so‘nggi imkoniyat berilgan hokim MFY raislarini «changi»ni chiqarib so‘kdi

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegishli ekani aytayotgan haqorat va so‘kishlardan iborat audio tarqaldi.

Audiodan anglashiladiki, yaqinda (chamasi 28-29-fevral kunlari) tuman hokimi mahalla yig‘inlari raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, ularni chunonam so‘kishlar bilan «siylagan»ki, nafaqat audioni taqdim qilish, hatto matnga tushirishning ham deyarli imkoni yo‘q. Shunday bo‘lsa ham holatni tasavvur etish uchun so‘kinuvchi ovoz Mirishkor tumani hokimiga tegishli ekani aytilayotgan audio tafsilotlarini stenogramma ko‘rinishida keltiramiz.

— Odam bo‘lsang ishla, bo‘lmasa ... hammang. Hey senlarni o...

— Senlar bilan ertadan gaplashaman ... Kattangam, kichigingam hey ...

Qo‘l ostidagilarga topshiriq beradi:

— Ertadan boshlab hammasiga tashlaysan ...

— Qaysing gapirmoqchisan, hey o...

— Nima qilyapsan? ... Nima qilib o‘tiribsan ....

— Hoy, k....lar ....

— ... Satqai mahalla ket, hammang ... Hayvonlar ... Aytmasam tushunmaysanmi ... Haromilar... Hurmatni bilmaysanlarmi k...lar ...

Audio ovozdan hokim mahalla raislarini nafaqat onasidan so‘kib jazavaga tushishi, balki urib-turtganga o‘xshash ovozlar ham quloqqa chalinadi.

Hokim majlis zalidan chiqib ketganidan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida suhbat davom etadi:

— Ham ishlab, ham shuni eshitib ketamizmi?

— Qanday haqorat bu?...

— Nima degan gap bu? Onadan so‘kishi nima degan gap...

— Qamalib ketamanmi, boshqa bo‘lamanmi ishlamayman...

— Yangi vazirlikmish...

— Tushum zarur bo‘lsa aytishi kerak edi, 1 milliondan, 2 milliondan, 3 milliondan topshir desa, o‘zimizni kistamizdan bo‘lsa ham olib kelib berardik... Mahallada hech bo‘lmasa 10ta odamga gapimiz o‘tardiku...

— Bu turishda bo‘lmaydi... Onamiz ko‘chada qolganakanda...

Ushbu juda xunuk holat tafsilotlariga huquqni muhofaza qilish organlari aniqlik kiritar, shu o‘rinda bizni qiziqtirayotgan boshqa masala: nima uchun mahalla raislariga hokim topshiriq berib, ularni urib-so‘kishda davom etmoqda? Axir yaqindagina Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova endi hokim o‘z ishini mahallalarga qildirishiga chek qo‘yiladi demaganmidi?

«O‘zini-o‘zi boshqarish organi o‘z fuqarolari va kengashdan boshqa hech kimga bo‘ysunmaydi. Vazirlik [Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги] tashkil qilinganining eng katta sabablaridan biri – mahalla raisiga va mahalla faollariga hokimning o‘z ishini qildirishi masalasiga chek qo‘yiladi. Endi vazirlik ana shu aralashuv, majburlovlar – majlisda o‘tirish, tadbirda ishtirok etishga majburan olib borishning barchasiga nuqta qo‘yiladi. Farmonda bu aniq belgilab berilgan», degan edi Elmira Bositxonova.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida Qashqadaryo viloyatida «to‘rtlik», jumladan hokim Zafar Ro‘ziyev ishdan olingach, viloyat hokimining 2 nafar o‘rinbosari ham vazifasidan ozod etilgani xabar berilgandi.

Vazifasidan ozod etilgan ushbu o‘rinbosarlarga Prezident tomonidan so‘nggi imkoniyat berilib, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘rayev Chiroqchi tumani hokimi, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov esa Mirishkor tumani hokimi lavozimlariga tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring