Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident topshirig‘i amalda: Navoiyga ming bosh «Bayad» zotli qo‘y keltirildi

Prezident topshirig‘i amalda: Navoiyga ming bosh «Bayad» zotli qo‘y keltirildi

Prezident Mirziyoyevning «Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi Ishchi guruh Mo‘g‘ulistonga xizmat safarida bo‘ldi. 

Xizmat safari davomida dastlabki bosqichda Mo‘g‘ulistondan ming bosh «Bayad» zotli qo‘ylarni Navoiy viloyatida ko‘paytirish uchun O‘zbekistonga aviatransport orqali yuborildi.

Oktyabr oyi yakuniga qadar tizimli ravishda 60 ta reysda 50 ming bosh, noyabr-dekabr oylarida 50 ming bosh, jami 2025 yil yakuniga qadar 100 ming bosh qo‘ylarni yurtimizga olib kelish yuzasidan choralar belgilab olindi.

Shuningdek, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri o‘rinbosari S.Amarsayxan bilan muzokaralar o‘tkazilib, qo‘y va echkilarni eksport qilishda davlat bojini 18 dollardan 7 dollarga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekistonga eksport qilish uchun 15 ming bosh qo‘y tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring