Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident va hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi

Prezident va hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi

Illyustrativ foto

Ijro intizomini samarali tashkil etishda davlat organlari rahbarlarining ma’suliyati yanada oshiriladi.

«Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:

  • davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi;
  • davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan;

Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi.

Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring