Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yosh kinoijodkorlarni mukofotladi

Prezident yosh kinoijodkorlarni mukofotladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan milliy kino san’atini rivojlantirish, yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy va raqobatbardosh kino mahsulotlarini yaratish borasida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbek kinoijodkorlari xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishib, mamlakatimiz nufuzini yanada oshirmoqda. Bu e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida

Xususan, Fransiyaning Kann shahrida bo‘lib o‘tgan ENTRE DEUX CANNES xalqaro inklyuziv kinofestivalida «Qadam. Quyosh bolasi Yusuf» qisqa metrajli filmi Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgani xalqimiz uchun katta quvonch va faxr bo‘ldi. Ushbu yutuq milliy kino san’atimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi ortib borayotganini yana bir bor namoyish etdi.

Ana shu tarixiy muvaffaqiyatni munosib qadrlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalqaro kinofestivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga muvofiq, xalqaro maydonda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilgan bir guruh yosh kinoijodkorlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

Bu mukofot yosh ijodkorlarning mehnati, izlanuvi va san’atga bo‘lgan fidoyiligiga berilgan yuksak baho bo‘ldi. Shu bilan birga, mazkur e’tirof boshqa yoshlar uchun ham katta motivatsiya vazifasini o‘tamoqda. Chunki davlat tomonidan bildirilayotgan bunday ishonch va rag‘bat yoshlarning yangi marralarni zabt etishiga ilhom bag‘ishlaydi.

«Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlangan yosh kinoijodkorlar o‘z ijodi orqali milliy qadriyatlarimizni, insonparvarlik g‘oyalarini va o‘zbek xalqining boy madaniyatini xalqaro auditoriyaga yetkazishga munosib hissa qo‘shmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning zamonaviy dunyoqarash, yuksak mahorat va milliy ruh uyg‘unligida yaratayotgan filmlari o‘zbek kinosining yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda kino sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi kelgusida ham yangi yutuqlar va xalqaro e’tiroflar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, iste’dodli yoshlarni qadrlash va rag‘batlantirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring