Prezidentlar Tojikiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasida (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma bilan tanishdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerda Tojikistonning yuzdan ortiq korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Prezidentimizga mazkur korxonalar haqida so‘zlab berildi. Davlatimiz rahbari mahsulotlarning sifati bilan qiziqdi, ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.
Tashqi savdo va iqtisodiyot mahkamalariga eksport-import aloqalarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish, tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter