Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023-yilda:

- muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan;
-«Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan va I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul ta’minlanadi.

2023-yil 1-sentyabrdan nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.

2023-yil 1-maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslarga:

▫️bolaning yonida bo‘lish uchun sharoit yaratiladi;
▫️mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogironligi bo‘lgan shaxs deb topganda ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.

«Yuridik yordam» axborot tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul huquqiy yordam berish uchun alohida murojaat bo‘limi yaratiladi.

Mazkur hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring