Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning imom Termiziy bo‘yicha qarori qabul qilindi

Prezidentning imom Termiziy bo‘yicha qarori qabul qilindi

“Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-292-son, 15.08.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2024-yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi.

Tadbirni yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:

- Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarini moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan ko‘p jildlik akademik tarjima va sharhini tayyorlash hamda ularni nashr etish;

2024-yil oktyabr oyida Toshkent shahrida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda konferensiya doirasida Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish.

- 2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Imom Termiziy asarlari bo‘yicha hadislar bilimdoni” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring