Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prigojin isyonidan keyin g‘oyib bo‘lgan general Kremlga qaytgani rostmi?

Prigojin isyonidan keyin g‘oyib bo‘lgan general Kremlga qaytgani rostmi?

Prigojin isyonidan so‘ng ommaga ko‘rinmay qolgan Rossiya armiyasi generali Sergey Surovikin Jazoir Xalq Demokratik Respublikasidagi ish joyida bo‘lib turibdi. Bu haqda propagandachi jurnalist Vladimir Solovyov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Shu bilan birga, avvalroq Surovikin Kremlda bo‘lgani haqida xabar berilgandi, biroq tashrifning mohiyati haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Surovikinning Moskvaga kelishi haqidagi ma’lumotni uning atrofidagilar ham rad etishgan. Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, general Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishda davom etmoqda. 

8 may kuni Ukraina hududidagi kuchlar birlashgan guruhi sobiq qo‘mondoni Rossiyaga qaytishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqaldi. Bu haqdagi mish-mishlar paytida Surovikinni samolyot bortida surati e’lon qilindi. 

Keyin Surovikinning atrofidagilar ham uning Rossiyaga qaytishi haqidagi ma’lumotni rad etib, harbiy xizmatchi Afrikani tark etmaganini va surat taxminan olti oy oldin suratga olinganini aytishdi.

Armiya generali Surovikin 2023-yilning 24-iyunidan so‘ng, «Vagner» isyonidan so‘ng g‘oyib bo‘lgandi. U marhum isyonchi Yevgeniy Prigojinga yaqin ko‘rilardi. Oqibatda general uzoq Jazoirga jo‘natib yuborildi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring