Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Professor Ma’rifat G‘aniyeva vafot etdi

Professor Ma’rifat G‘aniyeva vafot etdi

Ma’rifat G‘aniyeva

O‘zbekistonda sotsiologiya va ijtimoiy ish sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan olima, sotsiologiya fanlari doktori, professor G‘aniyeva Ma’rifat Habibovna 74 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Professor Ma’rifat G‘aniyeva 1947-yil 13-fevralda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan.

1970-yilda ToshDU (O‘zMU) ning tarix fakulteti falsafa bo‘limini tamomlagan. U o‘z pedagogik va ilmiy faoliyatini ToshDU (O‘zMU)da o‘qituvchi sifatida davom ettirdi. M.G‘aniyeva 1971-1974-yillarda TDPI Falsafa kafedrasida aspirant, 1975 yil may oyida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu yili unga OAK tomonidan falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi. 1974-1994 yillarda – ToshDU o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. 1981 yilda Buyuk Britaniya Oksford universiteti St Antonys kolleji tadqiqotchisi, 1994-1995 yillarda – Rossiyaning «Ostankino» telekompaniyasining O‘zbekistondagi muxbiri lavozimida ishladi.

Olimaning «Sotsiologiya», «Madaniyat sotsiologiyasi», «Ijtimoiy ish nazariyasi», «Ijtimoiy ish tarixi», «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari», «Etnosotsiologiya», «Oilalar bilan ijtimoiy ish» kabi o‘nlab darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘zbek va rus tillarida chop etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring