Prokuratura departamenti bozorlarda dollar ayirboshlayotganlarni qo‘lga olmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahri bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar S.H.va S.D. fuqaro M.A.ga 4 000 AQSh dollarini 51,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, Departamentining Koson tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida “Navnihol” MFY hududidagi “Alatun dehqon oziq-ovqat bozori” oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.Sh. fuqarolar Sh.N. va N.T.dan 3 500 AQSh dollarini 44,9 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida 1 600 AQSh dollari va 67,6 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Oltinsoy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.E. fuqaro A.A. dan 3 300 AQSh dollarini 42,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter