Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura izsiz yo‘qolgan ona va ikki bola yuzasidan bayonot berdi

Prokuratura izsiz yo‘qolgan ona va ikki bola yuzasidan bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rishton tumanida yashovchi fuqaro ikki nafar farzandi bilan bedarak yo‘qolganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Aniqlanishicha, 21-fevral kuni fuqaro G.N. voyaga yetmagan farzandlari Sh.X. va I.X.lar bilan yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Qidiruv tadbirlari davomida, ushbu kuni voyaga yetmagan Sh.X.ning murdasi Katta Farg‘ona kanalining Bag‘dod tumanidan oqib o‘tgan qismidan topilgan va tegishli ekspertizalar tayinlangan, deyiladi Farg‘ona viloyati prokuraturasi xabarida.

Mazkur holatda bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, ushbu holatni kelgusida tergov yo‘li bilan tekshirib, aniqlik kiritish maqsadida joriy yilning 4-mart kuni Jinoyat kodeksning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, bedarak yo‘qolgan G.N. va uning bir nafar farzandini topish yuzasidan barcha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring