Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Notr Dam ibodatxonasidagi yong‘in sababini ma’lum qildi

Prokuratura Notr Dam ibodatxonasidagi yong‘in sababini ma’lum qildi

Foto: «Reuters»

Parij shahri prokurori Remi Eyts Notr Dam ibodatxonasidagi yong‘in sababini ma’lum qildi. Ayni vaqtda yong‘inga baxtsiz hodisa sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Hozircha ibodatxonaga ataylab o‘t qo‘yilgani haqida dalillar topilmagan. Bu borada surishtiruv va tergov ishlarini 50 nafar xodim bajarmoqda.

Ibodatxonani ta’mirlash ishlarida ishtirok etgan ustalar dastlabki tergovdan chiqdi. Eslatib o‘tamiz, Notr Damni qayta tiklash uchun 460 million yevro zarur bo‘lishi xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring