Prokuratura oqlov bilan kelishmadi: «16-fevral voqealari» ortidan jazoga tortilganlarning «ishi» qayta ko‘riladi

Yaqinda Toshkent viloyati sudi tomonidan 1999-yilning 16-fevral kungi poytaxtdagi portlashlar ortidan jinoiy javobgarlikka tortilgan 5 nafar shaxs oqlangandi.
Jamoatchilik o‘rtasida yaxshi ma’noda shov-shuvga sabab bo‘lgan mazkur voqealik bo‘yicha jarayon davom etadigan ko‘rinadi.
Gap shundaki, oqlovga nisbatan Toshkent viloyati prokuraturasi protest kiritdi. Kassatsiya tartibida kiritilgan protest ertaga – 30-sentyabr kuni Oliy sudning tegishli sudlov hay’ati ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oqlanganlar «16-fevral voqealari»ning asosiy ijrochilari deb topilganlar emas. Aksincha, ular sobiq bojxona xodimlari hisoblanadi. Ular o‘z xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan harakatlarni qasddan bajarmagani oqibatida (Jinoyat kodeksining 208-moddasi) qonli voqealarga sababchi bo‘lganlikda ayblanib, 1999-yildayoq jazoga tortilgandi.
Sobiq bojxona xodimlariga nisbatan chiqarilgan hukm oradan 22 yil o‘tgach, Toshkent viloyat sudinin tomonidan bekor qilinib, ularning xatti-harakatida jinoyat alomatlari yo‘qligi bois oqlash haqida ajrim chiqargan edi.
«Xabar.uz» voqealar rivojini kuzatib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter