Prokuratura Qashqadaryodagi yashirin sexni fosh etdi

Qashqadaryo viloyatida fuqaroning uyida qo‘lbola usulda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sexi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahri bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro D.A. fuqaro I.X.ning Shahrisabz tumani, “Istiqbol” MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 411 dona aksiz marka va yorliqlar, 660 litr spirt, 397 dona yelim qopqoqlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter