Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura va DXX Ohangaronda dorifurushlarni ushladi

Prokuratura va DXX Ohangaronda dorifurushlarni ushladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi, DXX hamda Bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar D.M. va R.X. xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 400 dona “Zardeks” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositasini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring