Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Xorazmdagi bog‘chada kuzatilgan ayanchli hodisani izohladi

Prokuratura Xorazmdagi bog‘chada kuzatilgan ayanchli hodisani izohladi

Foto: Xabar.uz

Xorazmdagi bog‘chada bola to‘satdan vafot etgani xabar berilgandi. 

Aniqlanishicha, Xonqa tumani, «Toma» mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2-katta guruh tarbiyalanuvchisi O‘rinboyev Shodiyor Azizbek o‘g‘li (5 yosh) 3avgust kuni tush payti o‘zini yomon xis qila boshlaganligini payqagan tarbiyachi A.Ro‘zmetova bog‘cha hamshirasi A.Jumaboyevani chaqirgan.

Xamshira A.Ro‘zmetova tomonidan Sh.O‘rinboyevga birinchi yordam ko‘rsatilgan va bu haqda tez tibbiy yordam hamda bolaning ota-onasiga xabar berilgan.

Sh.O‘rinboyev tez tibbiy yordam mashinasida Xonqa TTB olib borilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Marhum Sh.O‘rinboyevning ota - onasi A.Qalandarov va M.Artiqbayevalarga ko‘ra, Sh.O‘rinboyevning tutqanog‘i tutib turgan. Biroq, bu haqda maktabgacha ta’lim muasasasi xodimlarini ogohlantirishmagan, shuningdek Sh.O‘rinboyev epilepsiya yoki boshqa kasallik bilan tibbiyot birlashmasida hisobda turmagan, deyiladi Xorazm viloyati prokuraturasi xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Xonqa tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Avvalroq Namangandagi bog‘chada bola tilini chaynab vafot etgani, shuningdek, Shahrisabzda bola noxush holat qurboniga aylangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring