Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq prokuror, Oqto‘bada yana halokat, Ozodbek Nazarbekov kanali, «Xiaomi»dan yangilik, ro‘zani bilmas aviakompaniya, «Bilayn»ning «hunari», Krasnodardagi ta’sirli voqea va boshqa xabarlar

Sobiq prokuror, Oqto‘bada yana halokat, Ozodbek Nazarbekov kanali, «Xiaomi»dan yangilik, ro‘zani bilmas aviakompaniya, «Bilayn»ning «hunari», Krasnodardagi ta’sirli voqea va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 6-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Vazir ayol elchilarni bayram bilan tabrikladi

Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlen, Fransiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmor, Misr Arab Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani Al-Itr, Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Syan Yang va BMT vakolatxonasining rahbari Helena Freyzer bilan uchrashdi.

Sobiq prokurorlardan yana biri Ulug‘bek Xurramovning hibsga olingani tasdiqlanmadi

Bizga xabar berishlaricha, Ulug‘bek Xurramovning hibsga olingani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. Besh kundirki, bu boradagi ma’lumotlar tarqatilayotgan bo‘lsa-da, rasman birorta hujjat kelib tushmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya moliya vazirini qabul qildi

Xususan, yuqori toifada va ekspertlar darajasidagi o‘zaro tashriflar va ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilmoqda, ilg‘or tajriba va bilim almashish borasida faol ish olib borilmoqda, qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Iqtisodiyot

Oqoltin tuman moliya bo‘limi daromadlar va xarajatlarni oshkor etdi

Prezident Shavkat Mirziyeyov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan murojaatnomasida budjet daromadlari va xarajatlari xalq uchun ochiq va oshkora bo‘lishini kerakligini ta’kidlagan edi.

«Forbes» dunyoning 2018-yildagi eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi

«Forbes» jurnali dunyoning 2018-yildagi eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilar endi davlatga yig‘im to‘laydi

Qaror bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi, vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarining tuzilmalari, shtat birliklari soni tasdiqlandi.

Jamiyat

Lola Karimova Gimnastika federatsiyasidan ham ketmoqda

«Osiyo gimnastika ittifoqining faxriy prezidenti lavozimini saqlab qolgan holda, men ushbu ajoyib sport turining ashaddiy muxlislaridan bo‘lib qolaman hamda o‘zbek gimnastlarimizga kelgusi faoliyatlarida omad va g‘alabalar tilayman!» deya yozgan Lola Karimova-Tillayeva.

Molbozormi yoki loybozor? Samarqand mutasaddilari, uyg‘oning! (foto)

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portaliga respublikaning turli burchaklaridan murojaatlar kelishi davom etmoqda. Oqdaryolik fuqaro Oqdaryo tumani mutasaddilarining e’tiborsizligidan nolib, bizga murojaat qildi.

O‘z qizini kaltaklagan sobiq ichki ishlar xodimi ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida mazkur jinoyat ishiga oid ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Aks-sado. Samolyot yonilg‘isi oltindanmi yoki ro‘zani bilmaydigan aviakompaniya

Yaqinda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi xodimlarining muomala madaniyati haqida «Men jinoyatchi emasman» nomli maqolani e’lon qilgan edik. Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlar orqali turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Quyida ularning asosiylarini e’tiboringizga havola etamiz.

Olimlar tuzning yangi xavfini ma’lum qilishdi

Tadqiqot davomida 40-59 yoshli 4000 dan ortiq kishining ovqatlanish tartibi o‘rganildi.

Chetga ishlashga ketayotgan fuqarolar uchun 300 ming so‘m beg‘araz yordam ajratiladi

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolar uchun bank va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatiladi. Jumladan, «Aloqabank»ning soddalashtirilgan ochish shartlari bilan «VISA-migrant» plastik kartalarini joriy etish hamda «Ipoteka bank» tomonidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga 1000 AQSh dollari ekvivalentida kredit ajratish ko‘zda tutilgan.

Rossiya va Qozog‘istonga yangi temir yo‘l yo‘nalishlari ochiladi

2018-yil 1-maygacha Vazirlar Mahkamasiga «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK huzurida pasaytirilgan tariflarda tashuvchi, kambudjetli aviakompaniya (loukoster) tashkil etiladi.

Jizzaxlik fermerga Prezident mashina sovg‘a qildi

Kasbi pedagog bo‘lgan Subiniso Boymatova ko‘p yillar maktabda tarix-huquq fanidan dars berdi. 1998-yilda farzandlarini yoniga olib, paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil etdi. Ayni paytda 93 gektar yerda dehqonchilik qilib, har yili davlatga g‘alla, paxta sotish shartnoma rejasini oshirib bajarmoqda.

Hodisa

Oqto‘badagi avtoto‘qnashuvda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgdan Toshkentga kelayotgan mazkur avtomobildagi O‘zbekiston Respublikasining 2 nafar fuqarosi halok bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi hamkorlikda halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashdi.

Quyichirchiqlik erkak qaynonasini pichoqladi

B.O‘taboyev qaynonasi bilan janjalda uning bosh, qorin va yelka qismlariga pichoq bilan urib, jarohat yetkazadi. Alarni ajratmoqchi bo‘lgan B.Utaboyevning turmush o‘rtog‘i S.Utaboyevaning boshiga esa tosh bilan urib, jarohat yetkazgan.

Namanganda hojatxonada bola tuqqan ayol go‘dakni tashlab qochdi

Namangan viloyatining Norin tumanida «Toshloq grand» fermer xo‘jaligi bog‘ida yollanib ishlayotgan Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi B.X. to‘lg‘oq tutib qoladi.

Samarqandda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Bugun ertalab soat 9:30 da Samarqanddagi Nor Yoqubov ko‘chasida «Nexia» va «Captiva» avtomobillari to‘qnashib ketdi.

Ta’lim

Kirish imtihonida beriladigan test topshiriqlarining o‘zi sinovdan o‘tkazildi

Matematika, fizika, tarix, kimyo, biologiya va informatika fanlaridan test topshiriqlarini aprobatsiyadan o‘tkazishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2000 nafardan ortiq o‘quvchilari ishtirok etdi.

TDPUning Termizda, Termiz davlat universitetining esa Denovda filiali ochiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Avto

«Bentley» o‘zining ilk gibrid avtomobilini tayyorlamoqda

«Bentley» kompaniyasi mart oyida Jenevada bo‘lib o‘tadigan avtosalonda o‘zining gibrid dvigatelga ega hashamdor yo‘ltanlamasini taqdim etadi.

Madaniyat

Dushanbeda Navoiy va Jomiy haykallari o‘rnatiladi

Tojikiston poytaxti hokimi shahar xalq deputatlari majlisiga Dushanbedagi Behzod ko‘chasida joylashgan istirohat bog‘ining nomini «Nizomiddin Alisher Navoiy» deb qayta nomlash bo‘yicha taklif kiritishi lozim.

«Telegram»da Ozodbek Nazarbekovning kanali ochildi

Ushbu kanal orqali Ozodbek Nazarbekovning konsert dasturlari, qo‘shiqlari premeralari va shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin bo‘ladi.

Infografika

Infografika. Xotirani qanday mustahkamlash mumkin?

Zamonaviy hayotda ma’lumotlar shunchalik ko‘pki, ularning har birini yodda saqlab qolish mushkuldir. Qolaversa, ko‘pchilik insonlar kundalik hayotida turli ko‘ngilsizliklarga duch keladi, uyquga to‘ymaydi, qolaversa, 8 soat ishlaydi.

Texnologiya

Onlayn tarzda TV tomosha qiladiganlar uchun eng yaxshi 3 ta servis

«Layfxaker» yo‘lda ketayotganingizda sevimli ko‘rsatuv yoki futbol uchrashuvini ko‘rishingizga imkon beradigan ajoyib servislar haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Odamsimon robot sinovdan o‘tkazildi (video)

Robot yaratuvchisi Yan Chin Xoning hisoblashicha, undan kelajakda halokat va yong‘inlarda qutqaruvchi sifatida foydalanish mumkin. Biroq uni harbiy operatsiyalarda ham qo‘llasa bo‘ladi.

«Xiaomi» 46 dollar evaziga yangi qurilmasini taqdim etdi

«LeFan» korpusdagi yagona tugma orqali boshqariladi. Uni uch nafar ishlash tartibi mavjud.

Bir oyga cho‘zilgan xursandchilik. «Bilayn» baribir narxlarni oshirdi

Bahorning ilk kunida «Bilayn»ning «Status» va «Bir Oy» kabi oylik tarif rejalari bilan bog‘liq mashmashalar avj olgan bir paytda, kompaniya tomonidan amalga oshirilgan boshqa bir o‘zgarish soyada qolib ketdi.

Sport

Yangi farmon: xorijiy sport brendlari O‘zbekistonga jalb etiladi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etiladi.

Sportga ajratilgan mablag‘larni monitoring qilish va korrupsiya holatlarini aniqlash uchun maxsus boshqarma tuziladi

Xabar berganimizdek, «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari lavozimga vazirlik tomonidan tayinlanadi

Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (instruktor va kafedra mudirlari)ning ish faoliyati samaradorligini baholash o‘quvchi (talaba)larni jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlashda, eng avvalo, erishilgan aniq natijalarni hisobga olgan reyting tizimi asosida bo‘ladi.

Janjalkash xotinlar hamda yuzko‘rmas aka-uka brendi: «Adidas» va «Puma»

Etikdo‘z va kir yuvuvchining farzandlari – Rudolf va Adolf bolaligidan kirxonada ishlashdi. Keyin otasi bilan kunini ustaxonada o‘tkazishdi. Ular juda inoq edi, biroq doim bahslashishni xush ko‘rishardi: kim tezroq yuguradi, kim balandroq sakraydi yoki kim ko‘proq narsa biladi?

Tavsiya qilamiz

Krasnodardagi ta’sirli voqea. O‘zbeklar hech qachon ayollarini yolg‘izlatib qo‘ymaydi

Rossiyada mehnat qonunchiligini buzib bir hafta alohida joyda saqlangan, bundan tashqari, cho‘ntagida tayinli puli qolmagan, politsiya qurshovida «tantanali» ravishda uyiga kuzatilayotgan men kabi o‘zbekistonliklarning bundan jahli chiqdi. Ular politsiyachilarga qizni qo‘yvorishlarini, u albatta samolyotda O‘zbekistonga uchishini, kema kapitani kelishini kutish kerakligini aytib baqira ketishdi. Lekin birozdan so‘ng kapitan aeroport ma’muriyatini...

Taklif: dabdabali to‘y qilmoqchimisiz? Marhamat!

Bir badavlat inson hammani qoyil qoldiruvchi to‘y qilmoqchi bo‘lsa – qilaversin! Faqat shunday to‘y qilishga qodir boy-badavlat ekanmi, shu yurtda mablag‘ orttiribdimi, topganini ko‘z-ko‘z qilishni niyat qilibdimi, asl boylarga xos ish tutsin!

Vatanida vatansizlar

Rakxayn shtatida 3 million aholining faqat 2 millioni ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, qolgan 1 million roxinja bu jarayondan chetda qoldi. Boz ustiga shtat Myanmadagi eng qashshoq hudud bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘ta og‘irdir.

Choyxo‘r o‘zbeklar. Ko‘k choy — qora choy: qay biri afzal?

Shu tashkilotning «Eng katta choy bozorlari» reytingida 2016 yili O‘zbekiston TOP-15ga kirdi: unda mamlakatimizda yiliga 5,3 million litr choy ichilishi qayd etilgan.

Itmi bu, yigitmi bu?..

Bu doridan alkogolning hidi kelmaydi, ko‘ngilni aynitmaydi. Kayf qildiradi. Tuppa-tuzuk boyvachcha bolalar sotib oladi. Keyin esa mana shunaqa ahvol! Bu dorilar o‘zi ruhiy bemorlar shifoxonasida ishlatilar ekan. Kasallarni tinchlantirish uchun qo‘llanilarkan. Tuppa-tuzuk sog‘lom yigitlar esa sotib olib, iste’mol qilaveradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring