Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuror Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

Prokuror Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Bahodir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi.

B.Abduvaliyev 1968 yil 27 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1992 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU), 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

1992 yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, 2019 yildan Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring