Putin 2018-yilda qancha ishlab topgan?

Ayni savolga bugun-erta javob beriladi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, davlat amaldorlari har yilning 1 apreligacha avvalgi yili qancha daromad qilgani hisobotini berishi kerak. Hisobotda o‘zidan tashqari xotinining ham daromadlari ko‘rsatilishi talab etiladi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi qayd etishicha, tegishli deklaratsiya topshirilgan va u qonunda ko‘rsatilgan muddatda e’lon qilinadi.
2017-yilda Rossiya davlat rahbari 18,7 million rubl ishlab topgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter