Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin «baho bergan» o‘quvchi qizlar kutib olindi

Putin «baho bergan» o‘quvchi qizlar kutib olindi

Rossiyada Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn konferensiya doirasida o‘tkazilgan «Artificial Intelligence Journey» tanlovining «Data Lady» nominatsiyasida O‘zbekistondan qatnashgan o‘quvchi qizlar g‘olib bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 13 noyabr kuni «Data lady» yo‘nalishida ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchi qizlardan iborat terma jamoa vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

O‘zbekistonning «IT Queens» yosh dasturchilar jamoasi tarkibida Yunusobod tumanidagi 257-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari — Nasrullina Lana, Koroleva Anastasiya, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Yuliana Lutsenko hamda Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari — Badyan Kseniya, Badyan Anastasiyalar ishtirok etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring