Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin faxriy prezident maqomidan mahrum etildi

Putin faxriy prezident maqomidan mahrum etildi

Foto: gol.ru

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashkilot faxriy prezidenti vakolatidan mahrum etilgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda federatsiya axborot xizmati xabar berdi.

«Xalqaro dzyudo federatsiyasi janob Vladimir Putinning IJF faxriy prezidenti va elchisi o‘laroq maqomi bekor qilinganini e’lon qiladi», deyilgan federatsiya xabarida.

Putinga mazkur maqom 2008-yilda berilgan edi.

Rossiya qo‘shinlari 24-fevral kuni Ukraina hududida harbiy amaliyot boshlagani sabab IJF shunday qarorga kelgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring