Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Putin hokimiyatda qolmasligi kerak» — Bayden yana keskin gapirdi

«Putin hokimiyatda qolmasligi kerak» — Bayden yana keskin gapirdi

Polshaga tashrif bilan borgan AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik qochoqlar bilan uchrashdi. 

Ushbu uchrashuvda Bayden bir qator keskin fikrlarni bildirdi. 

Jumladan Baydenga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat tepasidan ketishi kerak.

Keyinroq, Oq Uy prezidentning so‘zlariga izoh berdi, aytilishicha Bayden RFda rejim almashinuvini nazarda tutmagan. 

Shuningdek, AQSh prezidenti Putinni «qassob» deya atagan. Avvalroq, Bayden Rossiya rahbarini «harbiy jinoyatchi» deb nomlagandi. Ushbu tariflarga Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga hujum qilishi sabab bo‘lgan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring